Shomurodov eng yuqori baho - senga!

  • 15 may, 2022, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning sportga ixtisoslashgan ettita etakchi nashri har bir turning barcha uchrashuvlarini tahlil qilib, o‘yinchilarning harakatlarini baholab borishi Italiya futbolining ajralmas qismiga aylangan.

Tecno

Bu an’ana A Seriyaning 37-turida ham davom ettirildi.

Evropa ligasiga chiqish uchun kurashayotgan “Roma” so‘nggi pog‘onada turgan “Venetsiya” bilan o‘ta muhim uchrashuvda qimmatli ochkolarni yo‘qotdi. Italiyalik jurnalistlar va mutaxassislarga har ikki jamoa ko‘rsatgan o‘yin ham manzur bo‘ldi.

“Venetsiya” birinchi daqiqadayoq gol urib olib, qo‘shib berilgan vaqt hisobi bilan qariyb 100 daqiqa himoyalandi. Venetsiyaliklarning bir kishi kam bo‘lib qolganidan keyin ham himoyasini mustahkam ushlab turgani tahsinga sazovor.

Mustahkam himoyani faqat bir o‘yinchi – zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov bir marotaba ojiz qoldira oldi xolos.

Shomurodov.Roma.Venezia.2021.2022.750x450

Jurnalistlar Joze Mourino shogirdlarining hujumkorligini alohida e’tirof etmoqda. Butun uchrashuv davomida 46 ta zarba, shulardan 16 tasi darvozaga aniq bordi, 20 ta burchak to‘pi, to‘p to‘rt marotaba to‘singa tekkani, bularning bari o‘yin bir jamoa darvozasiga bo‘lganidan dalolat beradi.

Bu uchrashuvdan keyin “Roma”ning kuchli oltilikka kirib, Evropa ligasiga yo‘llanma olishi qiyinlashib qoldi. “Bo‘rilar”ning chempionatda qaysi o‘rinni egallashi endi “Atalanta”, “Latsio” va “Fiorentina”ning natijalariga bog‘liq.

Shomurodovning kuchli va aniq zarbasini qaytara olmagan “Venetsiya” esa A Seriyada qolish imkoniyatidan mosuvo bo‘ldi.

Italiyaning etakchi sport nashrlari uchrashuvni tahlil qilib, Rim klubi futbolchilarning harakatini quyidagicha baholadi. Unga ko‘ra, umumiy hisobda eng yuqori ballga Eldor Shomurodov loyiq topildi.

IL MESSAGGERO: Ruy Patrisio 6, Kumbulla 5,5, Smolling 6, Ibanes 5, Meytlend-Naylz 5,5, Kristante 6, Veretu 5,5, Spinatstsola 6,5, Karles Peres 5, Pellegrini 6, Abraxam 5, Karsdorp 5,5, Zalevski 6, El-Shaaravi 5,5, Shomurodov 6,5, Volpato (bahosiz), Mourinyu 5,5.

CORRIERE DELLO SPORT: Ruy Patrisio 6, Kumbulla 6, Smolling 6,5, Ibanes 5, Meytlend-Naylz 5,5, Kristante 6, Veretu 5, Spinatstsola 6, Karles Peres 5,5, Pellegrini 5,5, Abraxam 5, Karsdorp 6, Zalevski 6, El-Shaaravi 5,5, Shomurodov 6,5, Volpato (bahosiz), Mourinyu 5,5.

GAZZETTA DELLO SPORT: Ruy Patrisio 6, Kumbulla 6, Smolling 7, Ibanes 5, Meytlend-Naylz 5,5, Kristante 6,5, Veretu 5,5, Spinatstsola 6, Karles Peres 6, Pellegrini 7, Abraxam 5,5, Karsdorp 6, Zalevski 6,5, El-Shaaravi 6,5, Shomurodov 6,5, Volpato (bahosiz), Mourinyu 6.

IL TEMPO: Ruy Patrisio 6, Kumbulla 5,5, Smolling 6, Ibanes 5,5, Meytlend-Naylz 5,5, Kristante 6, Veretu 5,5, Spinatstsola 6,5, Karles Peres 6, Pellegrini 6,5, Abraxam 5,5, Karsdorp 5,5, Zalevski 6, El-Shaaravi 5,5, Shomurodov 6,5, Volpato (bahosiz), Mourinyu 6.

CORRIERE DELLA SERA: Ruy Patrisio (bahosiz), Kumbulla 5,5, Smolling 6,5, Ibanes 4, Meytlend-Naylz 5, Kristante 6,5, Veretu 4,5, Spinatstsola 6, Karles Peres 5,5, Pellegrini 7, Abraxam 5, Karsdorp 5,5, Zalevski (bahosiz), El-Shaaravi 5, Shomurodov 7, Volpato (bahosiz), Mourinyu 6.

LA REPUBBLICA: Ruy Patrisio 5,5, Kumbulla 5, Smolling 6, Ibanes 5,5, Meytlend-Naylz 5, Kristante 6, Veretu 5, Spinatstsola 5,5, Karles Peres 6, Pellegrini 6,5, Abraxam 5, Karsdorp 6, Zalevski 6,5, El-Shaaravi 5,5, Shomurodov 6,5, Volpato (bahosiz), Mourinyu 5,5.

IL ROMANISTA: Ruy Patrisio 6, Kumbulla 5,5, Smolling 6,5, Ibanes 5, Meytlend-Naylz 6, Kristante 6,5, Veretu 5,5, Spinatstsola 6, Karles Peres 5,5, Pellegrini 7, Abraxam 6, Karsdorp 6, Zalevski 6,5, El-Shaaravi 6, Shomurodov 6,5, Volpato (bahosiz), Mourinyu (bahosiz)

68b2bb1d7d97a23f1497281434c2d6c7

O‘RTAChA BALL: Ruy Patrisio 5,92, Kumbulla 5,57, Smolling 6,37, Ibanes 5,00, Meytlend-Naylz 5,43, Kristante 6,21, Veretu 5,21, Spinatstsola 6,07, Karles Peres 5,64, Pellegrini 6,50, Abraxam 5,28, Karsdorp 5,78, Zalevski 6,25, El-Shaaravi 5,64, Shomurodov 6,57, Volpato (bahosiz), Mourinyu 5,75.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!