Shomurodov jamoa tanladi, faqat...

  • 30 yanvar, 07:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni qo‘yib yuborishni istamayotgan bo‘lsa-da, 29 yoshli forvard katta ehtimol bilan Rimni tark etadi.

Rim klubi rahbariyati Shomurodov transferi masalasida bir necha klublar bilan muzokara olib bordi. Xususan, o‘tgan mavsumda legionerimiz bilan hamkorlik qilgan “Kalyari”, joriy chempionatda birinchi golini Eldordan o‘tkazgan “Empoli” uni olish uchun oxirigacha kurashdi.

Italiya matbuotining yozishicha, tajribali o‘yinchi uchun raqobatda “Venetsiya”ning qo‘li baland keldi.  Bu klub “Roma” qo‘ygan shartni to‘liq qabul qildi. “Venetsiya” yarim yillik ijara muddati tugaganidan keyin Shomurodovni 3,5 million evroga to‘liq sotib olishga ko‘ndi.

Biroq venetsiyaliklar yangi hujumchining transferini rasmiylashtirish uchun biroz kutib turishi talab etiladi.

- Shomurodovning transferi “Venetsiya” uchun hal qilingan masaladek tuyulgan edi, biroq “Roma№ bu operatsiyani muayyan vaqt to‘xtatib turishga qaro qildi.

Sabab nima?

Sabab – “Roma” Evropa Ligasi doirasida Frankfurtda “Ayntraxt”ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun o‘zbek futbolchisidan foydalanish imkoniyatini saqlab qolishni istadi.

Transfer vaqtincha to‘xtatilganiga qaramay, “Venetsiya” bu ishni oxiriga etkazilishiga ishonch bildirishda davom etyapti.  Klub transferning barcha shartlarini kelishib bo‘lgan. “Roma” mutasaddilari bu savdoni tasdiqlashi bilan Eldor Shomurodov yangi jamoadagi faoliyatiga kirishishi mumkin bo‘ladi.

 Qolaversa, “Roma” rahbariyati Shomurodov o‘rniga Artyom Dovbikka o‘rinbosarlik qiladigan boshqa markaziy hujumchi topishi talab etiladi. Hozircha bir necha futbolchining nomzodi o‘rganilmoqda, - deb yozdi siamolaroma.it sayti eksperti Federiko Tonini.

Ushbu masalani kutazatib kelayotgan ayrim manbalar Eldor Shomurodov ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa jamoaga o‘tishni ma’qul ko‘rayotganini yozmoqda. Aslida Shomurodov poytaxt klubida qanday o‘yin ko‘rsatishi va natija qayd etishidan qat’i nazar asosan zaxiradan maydonga tushirilyapti.

29 yoshli hujumchining zimmasida esa, bu yil O‘zbekiston milliy terma jamoasini tarixda ilk bor jahon chempionatiga olib chiqish vazifasi turibdi. Bunday vaziyatda terma jamoa sardori va etakchisi klub miqyosida ham muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi har tomonlama manfaatli hisoblanadi.

Demak, tez orada Eldor Shomurodovning anchadan beri mavhum bo‘lib turgan kelajagiga oydinlik kiritiladi. Yaxshi yangiliklarni kutamiz...

O‘zbek futbolchilari Braziliya jamoasi bilan o‘ynaydi!

Belous: “O‘zbeklar Angliya va Italiyada o‘ynayapti, Qozog‘istonda bunaqasi ko‘rinmaydi!”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
30/01/2025 08:08
Танлабти