Shomurodov yoki Abraxam? Mourino “Zarya”ga qarshi hujumda kim o‘ynashini aytdi!

  • 25.11.2021 15:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Toshkent vaqti bilan tungi 01:00 da UEFA Konfeerntsiya ligasining guruh bosqichi beshinchi turida “Roma” o‘z mayonida Ukrainaning “Zarya” klubini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan mezbonlar bosh murabbiyi Joze Mourino jurnalistlarga intervyu berdi.

E’tiboringizga ushbu suhbatni havola etamiz.

238166952_4308255052568609_4461723317573568420_n

- O‘yin qanaqa bo‘ladi?

- O‘ta aniq bo‘ladi. Yutsak, turnirni davom ettiramiz, yutqazsak, musobaqani tark etamiz, durang bo‘lsa, bu masala so‘nggi turga qoladi.  Taqdirimiz o‘z qo‘limizda. Qiyin bo‘ladi, chunki ikki murakkab turnir – milliy chempionat va Konferentsiyalar ligasida o‘ynash oson emas. Lekin bizga aynan shunaqa muammolar yoqadi. Turnirdan chiqib ketishni istamaymiz. G‘alaba uchun bor kuchimizni sarflaymiz.

- Dzanolodan nima kutyapsiz?

- Dzanoloning o‘zidan hech narsa, men hammasini jamoadan kutaman. Biz Genuyada jamoa sifatida g‘olib chiqdik, bu gal ham birdamlikda qo‘limizdan kelganini ko‘rsatishimiz kerak. Shu bois, Nikoloning bir o‘zidan hech narsa kutmayman. Men Genuyada aytganimdek, u bir daqiqa ham o‘ynamagan bo‘lsa-da, muvaffaqiyatimizni birga nishonlagani menga juda yoqdi. U o‘zini to‘liq o‘ynagandek tutdi.

- Kubok o‘yinlarida, odatda, asosiy darvozabon dam oladi. Sizda Ruy Patrisio keyinchalik ham Konferentsiyalar ligasida o‘ynayveradimi?

- Ha, u o‘ynaydi. Ruy chempionatning eng zo‘r darvozaboni bo‘lmasligi mumkin, lekin biz “Venetsiya”dan uchta to‘p o‘tkazganimizga qaramay, musobaqadagi eng yaxshi himoyaga ega jamoalardanmiz. Fuzato zo‘r harakat qilyapti. Agar u chempionat yoki kubokda darvozani qo‘riqlashi kerak bo‘lsa, men to‘liq ishonch bildira olaman. Lekin hozir Ruy o‘ynayapti.

- Abraxamning o‘yinidan qoniqyapsizmi?

- Ha, to‘laligicha. Agar siz hujumkor futbol o‘ynaydigan va ko‘p xavfli vaziyat yaratadigan jamoaning bir bo‘lagi bo‘lsangiz, gol urish imkoniyati oshadi. Temmi jamoa uchun ko‘p ter to‘kyapti. U himoyaga yordam beryapti, bo‘sh zonalarni yopyapti va raqibga bosim uyushtirmoqda. Hozir u jamoaviy o‘yinni o‘zgacha anglay boshladi. Balki avval boshqacha tushungandir. Ertami, kechmi gollar ham keladi. Hammasi bo‘ladi. Men xotirjamman va xavotirga o‘rin yo‘q.

Abraxam kelganidan keyin zo‘r boshladi, hammani,  hatto muxlislarni ham hayratga soldi. Keyin kichik pasayish yuz berdi. Uning terma jamoadan jarohatlanib qaytganini inobatga olsak, bu normal holat. Men haqiqatan mamnunman. Bugun hujumda aynan u o‘ynaydi, Dzanolo va Patrisio ham maydonga tushadi. Siz esa qolgan sakkiz futbolchini aniqlashingiz kerak bo‘ladi.

1632429494_gettyimages-1342129138-612x612

- Uch nafar himoyachi bilan o‘ynash eksperimenti vaqtinchalik chorami? Yoki keyin ham shu sxemadan foydalaniladimi? Maydon markazidagi dinamika ham o‘zgaryapti...

- Men besh kishi bilan o‘ynashni yoqtirmayman. Biz chap qanot himoyachilaridan ayrildik va uch nafar himoyachini asli hujumchi bo‘lgan Stefan El-Shaaravi bilan birga o‘ynatdik. O‘yin saviyasi yaxshi bo‘ldi. Genuyada natija ham ijobiy bo‘ldi. Tarkibimiz uch nafar himoyachi bilan o‘ynash usuliga moslashtirilmagan. Agar orqa chiziqda uch kishi bilan o‘ynsak, tarkibimizdagi to‘rt nafar markaziy himoyachi kamlik qiladi. Bu usul ayrim holatlarda qo‘l kelsa, boshqa vaziyatda foyda bermaydi.

O‘yinchilarni ko‘p narsadan voz kechishi evaziga yangi modulni qo‘lladik. Yaxshi chiqdi. Bunaqa usul ham bo‘lish kerak. Asosiy maqsad esa, o‘zimiz shakllantirayotgan o‘yin uslubiga qaytishdan iborat.  Lekin turli uslublarga ega bo‘lish ham foydali, albatta.  Masalan, El-Shaaraviga qanot hujumchisi sifatida o‘ynash oson, lekin u boshqa pozitsiyani ham yopa oladi. Biz to‘rt himoyachi bilan o‘ynaymizmi? Oldindan aytishim mumkinki, Jordan Veretu to‘rtinchi himoyachi vazifasini bajara oladi.

- Vina va Kalafori qaydnomaga kiritiladimi?

- Genuyada Smolling masalasini hal qilganimizdek, buning ham echimini topamiz. Ular jamoa bilan birga shug‘ullandi.

- Boshida kelganingiz bilan hozirgi “Roma” o‘rtasidagi farqlarni anglab etdingizmi?

- Men o‘z o‘yinchilarimni yaxshiroq bilim oldim. Masalan, El-Shaaravi boshqa pozitsiyada ham o‘ynay olishi menga qorong‘u edi. O‘tgan yili uning jismoniy holatida muammolar bo‘lgandi.  Ilgari ham men uni sifatli o‘yinchi, deb hisoblardim, faqat har doim ham 90 daqiqa yuqori saviyada o‘ynay olmasdi. Hozir ancha o‘sdi.  Genuyada u yagona imkoniyatimiz edi va bizni qutqardi. Bungacha El-Shaaravining bu qobiliyatlaridan bexabar edim. Bu men o‘yinchilardan ham o‘rganishim mumkinligini ko‘rsatadi.

- Ligaga qaytamiz, notanish jamoalar bilan o‘ynash qanchalik qiyin?

- “Zarya” notanish jamoa emas. Jamoa u bilan o‘ynamaguncha notanish hisoblanadi. Biz o‘rganib, tahlil qilyapmiz. “Zarya”ning chempionat va Konferentsiyalar ligasidagi ko‘p o‘yinlarini tomosha qildik. Bizga qarshi o‘ynayotgan jamoalardan aytarlik farqi yo‘q. Biz doim raqibni hurmat qilamiz. Biz o‘yinga aynan shunday tayyorlanamiz va huddi shunday yutish mumkinligini bilamiz.

460653

“Real” Yaxshiboevni kutyaptimi?

Shomurodov “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan birga o‘ynaydi

Eldor eshityapsanmi, maydonda “yaxshi bola” bo‘lish yaramaydi!

“Roma” muxlislari: Shomurodov superfutbol qanday bo‘lishini ko‘rsatdi!

Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!