“Roma” muxlislari: Shomurodov superfutbol qanday bo‘lishini ko‘rsatdi!

  • 8 noyabr, 2021, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” muxlislari jamoa o‘zidan ancha kuchsiz bo‘lgan “Venetsiya”dan mag‘lub bo‘lgani uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali Joze Mourino va jamoaning aksariyat o‘yinchilarini keskin tanqid qilmoqda. Bu italiyalik futbol muxlislariga xos xususiyat.

Tecno

Biroq, “Roma” ishqibozlari jamoaning ikkita golida bevosita ishtirok etgan Eldor Shomurodov haqida iliq fikrlarini bildirishdan to‘xtagani yo‘q. Rimliklar o‘zbek hujumchisiga ko‘proq imkon berish kerakligini, u muntazam maydonga tushsa va etarli o‘yin vaqtiga ega bo‘lsa, albatta jamoaga katta yordam berishini ta’kidlamoqda.

Shuningdek, ko‘p muxlislar Joze Mourinodan o‘yin taktikasini o‘zgartirish, hujumda faqatgina Temmi Abraxamga tayanib qolmaslik, himoya chizig‘ini kuchaytirish kabi masalalarga e’tibor qaratishni so‘ramoqda.

Sports.uz portali o‘yindan keyin ikki marta “Roma” fanatlarining ijtimoiy tarmoqlarda Eldor Shomurodov haqidagi fikr-mulohazalariga bag‘ishlangan ikkita maqola e’lon qilgandi. O‘zbekistonlik muxlislardan tushayotgan takliflarni inobatga olgan holda yana yig‘ilib qolgan Eldor haqidagi izohlarni e’tiboringizga havola etamiz.

1_13

Gianluca Turi:

Men Shomurodovga ko‘proq ishonch bildirish kerakligini aytgandim-a?! El-Uzbeko ajoyib futbolchi!

David Priego:

Eldor yana bir bora o‘z vaqti kelishini kuta olishini isbotladi. Shomurodov “Jenoa”da ham har doim asosiy hujumchi bo‘lmagan. Lekin unga imkon berishganida qo‘lidan keladigan ishni ko‘rsatib qo‘ygan. Mana, Mourino unga bir necha o‘yindan beri etarli vaqt bermayotganiga qaramay, “Venetsiya”ga qarshi o‘yinda ham Eldor superfutbol namoyish qildi.

Michele Memeo:

Shomurodov joriy mavsumda beshga golli pas berdi. Bu maydonda atigi 578 daqiqa o‘ynagandagi holat.

Andrea Piazza (Michele Memeo fikriga javoban):

Agar Abraxam va El-Shaaravi Eldor yaratib bergan qulay vaziyatlarni ko‘kka sovurmaganda, o‘zbek futbolchisida golli paslar soni ettitaga etardi.

Simon Mendoza:

Menimcha, Shomurodov bu uchrashuvdan keyin boshlang‘ich tarkibdagi joyini mustahkamlab olsa kepak. Yolg‘iz u maydonda futbol namoyish qila oldi. Qolganlarning bari shartmanda bo‘ldi.

Stefano Vona:

Bir o‘yinchi –Shomurodovdan tashqari butun jamoa rasvo o‘ynadi. Eldor mavsumdagi eng zo‘r o‘yinini ko‘rsatdi. Qolganlarning qo‘lidan hech narsa kelmadi.

Eros Tombesi:

Menga Shomurodovning qanotlarda zo‘r o‘ynagani haqiqiy syurpriz bo‘ldi. O‘zbek legioneri bu pozitsiyalarda juda xavfli o‘ynar olarkan. Bungacha men uni faqatgina markaziy hujumchi, deb bilardim. Juda yoqimli yangilikni kashf qildim.

Rosetta Di Salvo (Eros Tombesi fikriga javoban):

Ha, haqiqatan Shomurolovning o‘yini ko‘pchilikka yaxshi syurpriz bo‘ldi. Men bu futbolchi ham zaxirada ham ko‘rinmay qoldi, deb o‘ylay boshlagandim. U bir harakat bilan yuqori darajali o‘yinchi ekanini ko‘rsatib qo‘ydi.

dd0b54a0ba37c6c11be693a8a3ff1412-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0

“Roma” Italiya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 21 noyabr kuni Genuyada “Jenoa”ga qarshi o‘tkazadi. Muxlislar bu  to‘qnashuvga alohida e’tibor qaratmoqda. Birinchidan, Eldor Shomurodov o‘zi uchun qadrdon bo‘lib qolgan Genuya shahriga qaytadi. Ikkinchidan, “Jenoa”ni bo‘lajak bellashuvga ukrainalik futbol yulduzi Andrey Shevchenko tayyorlaydi.

“Roma” fanatlari: Aslida Shomurodov Abraxamdan ancha kuchli!

Qahramonlik ko‘rsatgan Shomurodovning o‘yini qanday baholanmoqda?

Shomurodov gol urgan o‘yindan keyin Mourino nimalar dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
08/11/2021 21:32
Агарда Элдорга Маурино Абраҳамга берган имкониятни берганда ҳозир рома кучли 3 ликда бўларди. Жозе Маур ўз тактикасидан воз кечиб, ҳеч бўлмаса 4-4-2 ёки 4-3-3 га таваккалига ўйнаганда ҳам натижаси ҳозиргидан яҳшироқ бўларди.
Элдор Женоага қарши ўйинда собиқ жамоасига гол урса ҳам рози эдик. Омад Элдор.
&
Muhammad Ali 07
08/11/2021 20:03
Zor gap yōq sports uz kōp yangiliklar bōyicha oldindasilar