
Shomurodovda 3 daqiqa, Galiulindan navbatdagi ajoyib o‘yin
Bugun Rossiya Premer-Ligasida 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyat olib boradigan “Rostov” jamoasi o‘z maydonida “Dinamo”ni qabul qildi.
Ushbu o‘yinda mezbonlar penaltidan kiritilgan yagona gol evaziga 3 ochkoga ega bo‘lishdi. Hamyurtimiz uchrashuvning 87-daqiqasida zahiradan maydonga tushirildi.
Vagiz Galiulin to‘p suradigan “Tosno” esa o‘z maydonida “TsSKA”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Galiulin jamoasining yagona goliga assistentlik qildi. Qayd etish joiz, o‘tgan tur “Amkar”ga qarshi bahsda Vagiz gol kiritishga erishgan edi.
Vitaliy Denisovning “Lokomotiv”i esa safarda “Rubin” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ilgariroq, “temiryo‘lchilar” bosh murabbiyi Yuriy Syomin “Rubin”ga qarshi bahsda Denisov maydonga tushmasligini aytib o‘tgan edi.
Rossiya Premer-Ligasi. 5-tur
Tosno – TsSKA 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 49 Olanare, 1:1 – 56 Zabolotnyy, 1:2 – 62 Dzagoev.
Tosno – Yurchenko, Buyvolov, Chernov, Abazov (Melkadze, 58), Dugalich, Galiulin, Karnitskiy, Kazaev (Mirzov, 40), Nunu Rosha, Markov (Troshechkin, 63), Zabolotnyy.
TsSKA – Pomazun, Berezutskiy, Ignashevich, Vasin, Nababkin, Golovin (Dzagoev, 56), Natxo (Vernblum, 81), Milanov, Fernandes, Olanare, Chalov(Vitino, 57).
Ogohlantirish: Vasin (86).
Rubin – Lokomotiv 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 62, penalti Jemaletdinov, 1:1 – 90 Kverkveliya.
Rubin – Ryjikov, Granat, Kambolov (Kuzmin, 83), Kudryashov, Nabiullin, Ozdoev, Mvila, Jemaletdinov (Song, 68), Bauer, Azmun, Jonatas.
Lokomotiv – Gilerme, Kverkveliya, Peychinovich, Rybus, Miranchuk, Barinov (Koryan, 68), Miranchuk, Denisov, Fernandesh, Tarasov (Galadjan, 75),Ignatev.
Ogohlantirishlar: Azmun (36), Miranchuk (36), Jonatas (36), Denisov (51), Barinov (61), Ignatev (84), Ryjikov (90).
Chetlatish: Jonatas (52).
Rostov – Dinamo 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 19, penalti Kalachev.
Rostov – Pesyakov, Ingason, Vilyush, Parshivlyuk, Mevlya, Gatskan, Zuev (Dumbiya, 75), Kalachev (Yusupov, 68), Mogilevets, Bayramyan, Dyadyun(Shomurodov, 87).
Dinamo – Shunin, Xolmen, Terexov, Morozov, Shunich, Katrich (Temnikov, 71), Zotov, Sou, Tashaev, Vanderson, Panchenko.
Ogohlantirishlar: Sou (11), Gatskan (15), Terexov (17), Bayramyan (21), Katrich (21), Ingason (26), Parshivlyuk (56).
Fikrlar