Shomurodovdan voz kechmaymiz!

  • 16 dekabr, 2022, 17:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar oynasi arafasida Eldor Shomurodovning nomi juda ko‘p bor yangraydigan ko‘rinadi.

Tecno

Italiya matbuotida o‘zbek hujumchisini olishga urinayotgan jamoalar safi ko‘payib borayotgani haqida ma’lumotlar tobora ko‘p tarqatilmoqda. Yaqinda A Seriya autsayderlaridan “Kremoneze” legionerimizni so‘rab, “Roma”ga murojaat qilgandi.

Biroq, Eldor Shomurodov bu klub taklifini qabul qilmagani haqida ham xabar berildi. Aksariyat xaridorlar A Seriya musobaqa jadvalining quyi pog‘onasida borayotgani uchun ularning taklifi hamyurtimizni qiziqtirayotgani yo‘q.

shoma valpato

Shunga qaramay, “Kremoneze” rahbariyati Shomurodov ularning chorloviga ijobiy javob qaytarmaganiga qaramay, Eldorni olish fikridan qaytgani yo‘qligini bildirdi.  

Tuttomercatoweb nashrining ta’kidlashicha, “Kremoneze” qishki transferlar mavsumi yopilguniga qadar, Eldor Shomurodovni olish yo‘lidagi harakatlarini to‘xtatmayapti. Bu klub o‘zbek hujumchisining qolgan xaridorlari bilan oxirigacha raqobatlashmoqchi.

Italiya matbuoti Shomurodovning o‘zi musobaqa jadvalining teparog‘ida – Evrokuboklar uchun kurashayotgan “Torino”ga o‘tishga moyilligini yozgandi. So‘nggi xabarlarda Turin klubi ham O‘zbekiston terma jamoasi sardoriga jiddiy qiziqmoqda va hammasi “Roma”ning pozitsiyasiga bog‘lib bo‘lib turibdi.

Eldor Shomurodovning o‘zi jamoasi bilan Portugaliyada tashkil etilgan bir haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. Joze Mourino bu yig‘in davomida jamoa hujum chizig‘i vakillarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishga qaror qilgan.

La Gazzetta dello Sport gazetasining yozishicha, Algarvedagi mashg‘ulot chog‘ida murabbiylar shtabi jamoa hujumchilari – Temmi Abraxam, Eldor Shomurodov va Stefan El-Shaaravining gol urish qobiliyatini kuchaytirish bo‘yicha alohida ish olib boradi.

Eldor Shomurodov joriy mavsumda “Roma” safida Italiya chempionati va Evropa ligasida jami sakkiz marotaba maydonga tushib, umumiy hisobda 151 daqiqa maydonda harakat qildi. 27 yoshlt hujumchi o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Klubdagi ishlari kutilganidek ketmayotgan Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi o‘yinlari orqali yuqori sport formasida ekanini namoyish eta oldi. Eldor Srechko Katanets jamoasida 2022 yil hisobida jami o‘nta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi.

Terma jamoa ishtirokidagi bellashuvlarda Eldor Uganda va Maldiv orollari darvozasiga uchtadan, Janubiy Sudanga ikkita, Qirg‘iziston, Kosta-Rika va Qozog‘istonga bittadan to‘p kiritishni uddaladi.

e2d95f399147891b6101ba12633a8bfd

Shu o‘rinda aytish lozimki, qishki transferlar oynasi davrida Eldor Shomurodov faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbek to‘purarini Polshada kutishyapti!

O‘zbekiston terma jamoasini engishga majbur emasmiz!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!