
Shomurodovga yangi raqobatchi keladi
“Jenoa” yozgi transferlar vaqtida “Napoli” hujumchisi Adam Unasni transfer qilmoqchi. Jazoirlik futbolchining neapolliklar bilan shartnomasi kelasi yili yozda yakunlanadi va shuning uchun “Napoli” uni sotib yuborishga tayyor.
Adam Unas “Napoli”ning asosiy tarkibiga kira olmayapti. U yakunlangan mavsumni “Kalyari” va “Krotone” jamoalarida ijarada o‘tkazdi. Jami 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
“Jenoa”ning bu futbolchini olishi oson bo‘lmaydi. Chunki unga “Sampdoriya”, “Empoli”, “Bolonya”, “Olimpiakos” kabi jamoalardan takliflar bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hujum “Jenoa”ning eng kuchli chizig‘i hisoblanadi. Asosiy tarkibga kirish uchun Mattia Destro, Goran Pandev, Eldor Shomurodov, Janluka Skamakka, Marko Pyatstsa, Juzeppa Kaso, Darian Males, Yaya Kallon kabi futbolchilar o‘zaro raqobatlashadi.
Fikrlar