
Shomurodovning ustozi "Rostov"dan ketmaydi!
"Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin o‘z lavozimidan ketmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
“Hurmatli muxlislar! Bundan avvalroq, OAVda bosh murabbiy va rahbariyatning jamoadan ketishi haqida xabarlar tarqaldi. “Rostov” prezidenti Artashes Arutyunyants ushbu xabarlarni inkor etdi”, - deyiladi klub rasmiy saytida chop etilgan bayonotda.
Ma’lumot uchun, 51 yoshli rossiyalik mutaxassis “Rostov”ni 2017 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.
“Rostov” 28 turdan so‘ng Rossiya premer-ligsi musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar