
“Sho‘rtan” klubi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi
Joriy yilning boshidan Oliy Ligadagi bir kator jamoalarning rahbariyatida o‘zgarishlar kuzatilib kelinmoqda.
Navbat endi G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi rahbariyatida ham o‘zgarish bo‘ldi. Shu vaqtgacha klub bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan Shodi Nomozov Oliy Liga tur doirasidagi “Sho‘rtan” – “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng, salomatligi sababli bilan iste’foga chiqdi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Sho‘rtan” PFK bosh direktori vazifasini vaqtinchalik klub sport direktori Viktor Aleshnikov bajaradi.
Fikrlar