Shukurjon Rahimov o‘z jangini o‘tkazdi

  • 5 yanvar, 2021, 21:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyaning Sochi shahrida "Liga Stavok" kubok bahslari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bu turnir borasida avvalroq xabar berib o‘tgandik. 

Tecno

Bugun Dmitriy Bivol hamda Murat Gassiev jamoasi o‘zaro to‘qnash keldi. Biroz oldin Gassiev jamoasi tarkibidan o‘rin olgan 59 kg vazndagi hamyurtimiz Shukurjon Rahimov o‘z jangini o‘tkazdi. Unga Bivol jamoasidan Ara Gaboyan raqiblik qildi. Quvonarlisi, yurtdoshimiz ushbu to‘qnashuvda ochkolar hisobida g‘alaba qozonib, o‘z jamoasiga qimmatli ochkoni hadya etdi. 

Birozdan so‘ng, 75 kg vaznda yana bir hamyurtimiz Odiljon Aslonov Andrey Efremenkoga qarshi ringga ko‘tariladi. Ta’kidlab o‘tish joizki, Aslonov ham Murat Gassiev jamoasi tarkibida harakat qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!