
Silva alamli mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida "Al-Hilol"dan 3:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Angliyaliklar asosiy vaqtda 3:3 o‘ynab, qo‘shimcha daqiqalarda mag‘lub bo‘ldi.
"Bizda to‘pni yo‘qotgan paytlarda etarlicha kontsentratsiya va tashkilotchilik etishmadi. Uchta gol urdik, lekin besh-oltita ursa bo‘lardi.
Qachonki raqibga tezkor kontratakalar o‘tkazishga imkon bersak, bunday muammolar yuzaga keladi. Bu o‘yin aynan shuning yorqin namunasi bo‘ldi.
Juda xafamiz, chunki bizning maqsadlarimiz katta edi — chorak finalga chiqishni, ko‘proq narsaga erishishni xohlagandik. Lekin futbol shunaqa. Raqib ham yaxshi o‘ynadi.
Biz ayrim vaziyatlarni nazorat qilishimiz kerak edi, lekin buni uddalay olmadik.
Baribir raqibni tabriklayman — ular yaxshi jamoa ekan, bizga ko‘p muammo tug‘dirishdi va g‘alabaga haqli bo‘lishdi" — deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik futbolchi.
Fikrlar