Simons “Siti” va “Bavariya”ni kuydirdi

  • 18 avgust, 08:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesligada “Leyptsig” jamoasi sharafini munosib himoya qilib kelayotgan hujumkor futbolchi Xavi Simonsga qit’aning bir necha grand klublari da’vogarlik qilayotgan edi.

Tecno

Yozgi transferlar davri oxiriga kelib, xaridorlar orasidan faqat “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Bavariya”ning maqsadi jiddiy ekani oshkor bo‘ldi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, niderlandiyalik futbolchi o‘ziga yangi jamoa tanlab bo‘lgan. Simons “Bavariya” va “Manchester Siti” chorlovlarini qabul qilmadi.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi faoliyatini “Chelsi”ga ustozlik qilayotgan Entso Mareska qo‘l ostida davom ettirishni ma’qul ko‘ryapti.

Xavi Simonsning o‘zi “Chelsi” vakillariga Londonga ko‘chib o‘tishga tayyor ekanini aytganiga ancha bo‘ldi. Hozir har ikki klub transfer shartlarini kelishib olishga harakat qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!