
“Siti” superfutbolchini raqiblarga qoldirmaydi
Angliya Premer-ligasining bir necha grandlari “Nottingem Forest” etakchisi Morgan Gibbs-Uaytni qo‘lga kiritish uchun harakatni boshladi.
Daily Mail nashrning ma’lum qilishicha, 25 yoshli futbolchini “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” hamda “Liverpul” klublari talashyapti.
Da’vogar jamoalar orasida “shaharliklar” qimmatbaho o‘yinchini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. Odatda, “Manchester Siti” rahbariyati jamoaga kerakli o‘yinchini olishda hech ikkilanmay, sarf-xarajatga qo‘l uradi.
“Nottingem Forest” o‘z futbolchisi transferidan mo‘may daromad ishlab olishga qarshi emas. “O‘rmonchilar” yana ikki yil davom etadigan shartnomaga ega Morganni 100 million funt strerling evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Fikrlar