“Siti”ni mag‘lubiyatdan Husanov qutqara olardi!

  • 25 avgust, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasini 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshlagan “Manchester Siti”ni muxlisu mutaxassislarning aksariyati yangi mavsumda chempionlik uchun kurashadigan jamoa sifatida maqtayotgan edi.

Tecno

Biroq ikkinchi tur uchrashuvida “Tottenxem” manchesterliklar maydonidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgani Xosep Gvardiola shakllantirayotgan yangi tarkib hali ham mukammal emasligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Angliya futbolining nufuzli manbalari “Manchester Siti”ning o‘yini va natijalarini tahlil qilmoqda. Ana shunday manbalardan biri –  manchestercity.news portali o‘z tahlilida mag‘lubiyat sababini Xosep Gvardiolaning tarkib tanlashdagi xatosi, xususan, “Tottenxem”ga qarshi Abduqodir Husanovni maydonga tushirmagani bilan bog‘ladi.

Sports.uz portali ushbu manba eksperti Juzeppe Labellartening tahlili va xulosalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

-  Manchester Siti” ikkinchi turda “Tottenxem”dan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Agar Xosep Gvardiola bu o‘yinda zaxira o‘rindig‘ida qolib ketgan o‘yinchilardan biriga ishonch bildirganda edi, uchrashuv natijasi umuman boshqacha bo‘lardi.

Dastlabki turda “Vulverxempton” maydonidan 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan “Siti” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngidagi ilk uchrashuvini juda yaxshi kayfiyatda boshladi. Lekin “Tottenxem” ham yangi mavsumda oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘yganini namoyish qila oldi.

Bahsning 35-daqiqasida Brennan Jonson mehmonlarni hisobda olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘lim tugashi arafasida darvozabon Jeyms Traffordning qo‘pol xatosidan foydalangan Joau Palinya ikkinchi to‘pni kiritib, uchrashuv taqdirini hal qiliyu qo‘ydi.

Mag‘lubiyatga sabab bo‘lgan boshqa omillar qatorida himoya markazida o‘ynagan Ruben Diash va o‘ng qanotni himoya qilgan Riko Lyuisning harakatlari juda ko‘p tanqidlarga nishon bo‘lmoqda.

Axir Xosep Gvardiolaning zaxira o‘rindig‘ida bu ikki himoyachining istalgan birini o‘rnini bosa oladigan futbolchi bor edi, biroq bosh murabbiy uning xizmatidan foydalanishni istamadi.

Gap Abduqodir Husanov haqida ketmoqda. “Tottenxem” bilan uchrashuvda zaxiraga mixlangan bu himoyachiga “bo‘rilar”ga qarshi avvalgi bahsda sakkiz daqiqa o‘ynan imkoni berilgandi.

Ruben Diash ancha tajribali o‘yinchi bo‘lishiga qaramay, “Tottenxem”ga qarshi bahsda tezligi etishmagani “shaharliklar” uchun eng katta muammolardan biri bo‘ldi. Husanov to‘p bilan ishlashda xuddi Diashda bo‘lgan sifatlarga ega, ammo tezligi ancha yuqori va baland chiziqli himoya uchun ideal tarzda mos tushadi.

Uchrashuvda himoya chizig‘ini baland tutish va bu ishni tezligi past markaziy himoyachilarga topshirish Xosep Gvardiola eng katta fojeasi sifatida ta’kidlab kelinadi. Agar Pep  Abduqodir Husanovga imkoniyat berganida o‘zbek futbolchisi muammoning yaxshi echimi bo‘la olardi.  

Bundan tashqari, Abduqodir Husanov Riko Lyuis juda katta qiyinchiliklarga duch kelayotgan o‘ng qanot himoyachisi vazifalarini yaxshiroq uddalashi aniq.

Bu mag‘lubiyatning birgina ijobiy tomonini ko‘rish mumkin. “Siti” hali yozgi transferlar oynasi yopilmay turib, tarkibda muammo borligini bilib oldi. Gvardiola ixtiyorida yig‘ilib qolgan masalalarni yopish uchun bir hafta atrofida vaqt bor.

Echimini kutayotgan kamchiliklar esa, quyidagilardan iborat:

Jeyms Trafford – iqtidorli darvozabn, lekin yuqori darajadagi o‘yinlarga tayyor emas ekan. Jamoaga Janluiji Donnarummani olib kelish yaxshi echim bo‘ladi.

Rayan Ayt-Nuri – bu o‘yinchining jarohat olgani chap qanot himoyasida yangi muammolarni keltirib chiqaradi.

Abduqodir Husanov – agar murabbiylar shtabi uni o‘ng qanot himoyasida o‘ynatmaydigan bo‘lsa, Xosep Gvardiola va sport direktori Ugo Viana tezroq bu pozitsiyaga yangi o‘yinchi topishi talab etiladi.

Jamoa chap qanotni yangi hujumkor futbolchi bilan kuchaytirishi maqsadga muvofiq. Bu pozitsiyaga “Real”da ketmoqchi bo‘lib yurgan Rodrigo mos tushadi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, agar Xosep Gvardiola Abduqodir Husanovning tezligi va texnikasi kabi kuchli xususiyatlariga qaramay, uni muntazam o‘ynatmas ekan, jamoaning himoya tuzilmasini tubdan qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirishiga to‘g‘ri  keladi. Bu holat muhim uchrashuvlarda mag‘lubiyatga sabab bo‘lmoqda. “Tottenxem” bilan o‘yin mavsum boshidayoq “shaharliklar” uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lishi lozim, - deb yozmoqda manchestercity.news portali eksperti Juzeppe Labellarte.

Husanov o‘ynagan uchrashuvda Gvardiola nimalar yoqmaganini aytdi!

Husanov bo‘yicha Gvardiola yangi reja tuzib qo‘ydi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
25/08/2025 21:46
буни хамма билса керак, факат гвардиола билмайди