"Siti"ning yana bir futbolchisi "Brayton"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Manchester Siti" hujumchisi Fil Foden Angliya premer-ligasining 3-turi doirasidagi "Brayton"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli futbolchi jarohat olgani sababli o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lmoqda. Joriy mavsumda Foden Premer-liganing faqat bitta o‘yinida, atigi 15 daqiqa maydonda harakat qildi.
"Brayton" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 31 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Rayan Sherki ham "Brayton"ga qarshi bo‘ladigan ushbu o‘yinda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘lgan edi.
Fikrlar