
Sitora Turdibekovaga uy sovg‘a qilindi
"Parij-2024" Olimpiadasida munosib ishtirok etgan sportchimiz Sitora Turdibekovaga 1 xonali uy sovg‘a qilindi. Gazeta uz nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu xonadon hokimlik mablag‘lari hisobidan emas, balki tadbirkor tomonidan hadya qilingan.
Sportchimiz Frantsiya poytaxtida o‘tkazilgan turnirning chorak finalida xitoy taypeylik Lin Yun Tinga mag‘lub bo‘lgandi. Uning raqibi erkakligi isbotlanmagan va o‘tgan yilgi Jahon chempioatida testesteron gormoni ko‘pligi sabab musobaqadan chetlatilgandi. Mazkur holat borasida ijtimoiy tarmoqlarda hamon bahs-munozaralar davom etmoqda.
Qayd etish lozim, Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti Umar Kremlev ham unga 100 ming dollar miqdoridagi mukofot puli berilishini aytgandi.
Fikrlar