
"Siz quyoshdan zavqlanishni xohlaysizmi yoki yomg‘irda qolishni?"
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam "Chelsi"dan Rim klubiga o‘tishi borasida fikr bildirdi.
"Mourino menga qo‘ng‘iroq qildi: "Siz quyoshdan zavqlanishni xohlaysizmi yoki yomg‘irda qolishni?", - dedi. Men Premer-ligada o‘ynashni istardim. Chunki u er mening uyim edi.
London klubida zaxira o‘rindig‘ida qolish eng oson variant. Men ketishni va o‘zimni isbotlashim kerakligini tushundim. Albatta, bu qo‘rqinchili. Mamlakatni o‘zgartirish ham bir jasoratdir.
Shunday bo‘lsada, buni ingliz yosh yigitlarga tavsiya qilaman. Bundan cho‘chimaslik kerak", - dedi Abraxam.
Ma’lumot o‘rnida, angliyalik forvard bu mavsum A Seriyaning 7 ta o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 3 ta assistni yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar