Sobiq jahon chempioni dekabrda ringga qaytadi
Ikki vazn toifasining sobiq jahon chempioni britaniyalik Devid Xey Londonda bo‘lgan matbuot anjumanida bo‘lajak rejalari haqida gapirib o‘tdi. U so‘nggi jangini Toni Bellyuga qarshi o‘tkazib, texnik nokautga uchragan edi va shundan so‘ng oyog‘idan operatsiya qilingan.
– Men dekabrda ringga qaytaman. Ammo kimga qarshi urushishimni hozircha bilmayman, – deydi Devid Xey.
Shuningdek, bokschining murabbiyi Ismael Salas bo‘lajak jangda eng potentsial raqib Toni Belyu bo‘lishini aytib, revansh jangini tashkil qilishiga harakat qilishini ma’lum qilgan.
Fikrlar