"So‘g‘diyona" darvozaboni jamoadan ketdi

  • 08.12.2023 09:47
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mavsum-2023”ni 11-o‘rinda yakunlagan “So‘g‘diyona” safida ham qator o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Hozirda jamoani tark etayotgan o‘yinchilar paydo bo‘lyapti. Ulardan biri darvozabon Shirinboy Abdullaev.

Tecno

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, ushbu posbonning jamoa bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgan va “So‘g‘diyona”ni tark etgani ma’lum bo‘ldi. O‘z navbatida 31 yoshli darvozabon jamoa bilan xayrlashganini tasdiqladi. Bu yil Superligada 4 ta, O‘zbekiston Kubogida esa 2 ta o‘yinda ishtirok etdi.

shirinboy1

Shirinboy Abdullaev “So‘g‘diyona” sharafini 2012 yildan beri munosib himoya qilib keldi. Bir klubda 11 yil davomida faoliyat olib borish ancha-muncha futbolchida kuzatilmaydi. Abdullaev esa o‘zi uchun qadrdon bo‘lib qolgan klub bilan xayrlashdi. Uning yangi jamoasi katta ehtimol bilan yangi yilda keyin ma’lum bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!