
“Spartak” O‘runovga ham, Kokoringa ham imkon bermadi
Rossiya premer-ligasining birinchi turida o‘z maydonida “Sochi”ni qabul qiladigan “Spartak” bosh murabbiyi Domeniko Tedesko o‘yin qaydnomasiga yangi futbolchilarni qo‘shmadi.
Jamoaga katta umidlar bilan olib kelingan Oston O‘runov ham, Aleksandr Kokorin ham birinchi tur uchrashuvida maydonga tushmaydi.
Avvalroq, Domeniko Tedesko Oston O‘runovga moslashishi uchun vaqt kerakligi va o‘zbek legionerini qaysi pozitsiyada o‘ynatish borasida bir qarorga kelmaganini ta’kidlagan edi.
Kokorin esa, so‘nggi mashg‘ulotda jarohatlangani aytilmoqda.
Fikrlar