
Sport kurashlari: O‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda
Jizzax shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ma’lumki, sport kurashlari, erkin va yunon-rum hamda ayollar kurashini o‘z ichiga oladi. Mazkur turnirda respublikamizning barcha viloyatlaridan va Qoraqalpog‘iston respublikasidan yosh iste’dodlar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston sport kurashlari asotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada g‘olib va sovrindorlar aniqlanmoqda. Tez orada batafsil ma’lumotlarni taqdim etamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring...
Fikrlar