"Sporting" MYudan qo‘shimcha to‘lov talab qilmoqda
"Sporting" "Manchester Yunayted"dan murabbiylar shtabni tark etgani uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilmoqda.
Avvalroq, "Sporting" Amorimning MYuga murabbiy etib tayinlanishini tasdiqlagani xabar qilingandi. Inglizlar murabbiy uchun 10 million evro tovon puli to‘laydi.
"A Bola" xabariga ko‘ra, portugaliyaliklar murabbiylar shtabining qolgan a’zolari uchun yana 5 million evro talab qilishmoqda.
Bundan tashqari, "Sporting" Amorimning zudlik bilan ketishi uchun qo‘shimcha to‘lov so‘ramoqda. Sababi, Portugaliyada murabbiyning shartnomasi maosh to‘langandan keyin yana 30 kun davomida o‘z kuchida qoladi.

Fikrlar