
Sud Ronalduga nisbatan hukm chiqardi
Sud zo‘rlashda ayblanayotgan hujumchi Krishtianu Ronalduga nisbatan hukm chiqardi. Britaniyaning "Daily Mail" nashri xabariga ko‘ra, 38 yoshli portugaliyalik futbolchi butunlay oqlangan.
Portugaliyalik futbolchiga qarshi ayblovni model Ketrin Mayorga e’lon qilgan. Mayorganing advokatlari ishni qayta ochishga yana bir bor urinib ko‘rdilar, ammo sud ularni rad etdi.
Joriy mavsum Krishtianu Saudiya chempionatining 12 o‘yinida qatnashib, 13 ta gol urdi va 7 bor sheriklariga golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar