
Superklub 10 ta fubolchini transfer qilmoqchi
“Chelsi” rahbariyati yozgi transferlar davrida jamoa tarkibida jiddiy o‘zgartirishlar qiladi.
London superklubi mutasaddilari to‘rtta pozitsiyani kuchaytirishni mo‘ljallamoqda. Ana shu maqsadda, o‘n nafar futbolchi nomi ko‘rsatilgan transferlar ro‘yxati tuzildi.
“Aristokratlar” qaysi pozitsiyalarga kimlarni mo‘ljallayotganini quyidagi ro‘yxatdan bilib olish mumkin:
Darvozabon: Jeyms Trafford (“Byornli”), Filip Yorgensen (“Vilyarreal”);
Markaziy himoyachi: Jan-Kler Todibo (“Nitstsa”), Tosin Adarabioyo (erkin agent), Ronald Arauxo (“Barselona”);
Markaziy hujumchi: Viktor Osimxen (“Napoli”), Benyamin Sheshko (“Leyptsig”), Ayven Touni (“Brentford”);
Hujumkor yarim himoyachi: Maykl Olise (“ Kristal Pelas”), Krisensio Sammervill (“Lids”).
Fikrlar