Superliga. Bugun 2-tur start oladi
Superliganing yangi mavsumi shiddatli tarzda davom etmoqda. Bugun chempionatning 2-tur o‘yinlari start oladi.
Turning ilk bahsi Qo‘qonda bo‘lib o‘tadi. Unda "Qo‘qon-1912" o‘z uyida "Paxtakor"ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:45'da boshlanishi rejalashtirilgan.
Keyingi o‘yin esa "Qizilqum" va "Andijon" jamoalari o‘rtasida kechadi. Mazkur bellashuvni 19:15'dan boshlab tomosha qilish mumkin.
Ma’lumot uchun, 2-turning qolgan uchrashuvlari 5 va 6 mart kunlariga belgilangan.
Fikrlar