Superliga oxirlagani sari, muxlislar ham tugab boryapti

  • 8 noyabr, 2022, 19:27
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

7 noyabr kuni Superliganing 24-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi. Ancha vaqt peshqadam bo‘lib yurgan “Nasaf” o‘z uyida kutilmaganda “Neftchi”dan engilib, uchinchi o‘ringa tushib ketdi. Asosiy raqobatchisining qoqilishi “Paxtakor”ga qo‘l keldi va “sherlar” Superliga yakuniga bir tur qolganda 1-o‘ringa ko‘tarildi. “Ajdarlar” finishda raqiblarini o‘tkazib yubordi.

IMG_3584

“Navbahor” taxmin qilinganidek Bekobodda yaxshigina qarshilikka uchradi. Yashil maydon deb bo‘lmaydigan qandaydir maydonda “lochinlar” juda muhim g‘alabaga erishib, 2-pog‘onaga chiqib oldi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK Timur Kapadze shogirdlarini tor-mor etdi. “Surxon” esa liga bilan xayrlashgan “Dinamo”dan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. “Dinamo”ning o‘yinidan samarqandliklarning Pro ligaga tushib ketgani yodidan ko‘tarilgan degan hayolga borasan kishi.

“Bunyodkor” vodiyda “Qo‘qon-1912”ni taslim etdi. “So‘g‘diyona” o‘z uyida yangi murabbiy bilan “Lokomotiv”ga qarshi chiroyli o‘yin namoyish etib, 1 ochko ishladi.

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

25-turda stadionlarimizga jami 10209 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir bellashuvga o‘rtacha 1458ni tashkil qiladi. Chempionat oxirlagani sari yomg‘ir ham to‘xtamayapti. Natijada stadionlar bo‘m-bo‘sh. Ayrim jamoalarning o‘yinlarini inobatga olmaganda, albatta.

Eng ko‘p muxlis Qashqadaryoda. “Nasaf” – “Neftchi” bahsini 3956 tomoshabin stadiondan kuzatdi. Qarshiliklar uchun muhim bellashuvga 5 ming ham muxlis kelmadi. Bunga yomg‘ir bahona bo‘lmasligi lozim. Chunki “ajdarlar”ning chempionlikka juda yaqin o‘yini edi.

IMG_2938

Turning yana bir markaziy bahsi “Metallurg” – “Navbahor” qarama-qarshiligini 2502 ishqiboz arenadan kuzatdi. “Paxtakor” ishtirokidagi gollar shousini 876 odam shohidiga aylandi.

Eng kam tomoshabin Toshkentda. “Surxon” butun mavsum uy o‘yinlarini Toshkent shahri va viloyatida o‘tkazdi. Bu gal termizliklar “Jar”dan boshpana topdi. Ushbu bellashuvga 192 kishi keldi xolos.

IMG_3511

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Nasaf” – “Neftchi” 0:1. 3956 tomoshabin

“Metallurg” – “Navbahor” 0:1. 2502 tomoshabin

AGMK – “Olimpik” 6:0. 1443 tomoshabin

“Paxtakor” – “Qizilqum” 6:0. 876 tomoshabin

“Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” 0:1. 837 tomoshabin

“So‘g‘diyona” – “Lokomotiv” 2:2. 403 tomoshabin

“Surxon” – “Dinamo” 1:4. 192 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugbek Hakimov
08/11/2022 22:25
Шармандаку,ХАММА уйинлар битта НАВБАХОРдаги уйингахам тугри келмабдику,тан олиш керак экан НАВБАХОР ИНТРИГА,.
Sharipov Akhmed
09/11/2022 09:26
Узбекистонда ягона хурмат қиладиган сайтларимдан бири Sports.uz . Лекин негадур кечаги Пахтакор : Кизилқум ва АГМК : Олимпик театрларини обдон ёритмаяпти . Навбахор бн уйинда ёки атрофида брор ходиса бўлса дарров хамма сайтлар шай холатда , лекин хамма корган ТЕАТР ни (уйин деб булмайди) ёритмаяпсила голлар шунчаки киноки очик ойдин Пахтакорни қулоғидан тортишяпти . Биринчи уринга Насаф ёки Навбахор хақли Пахтакор умуман лойиқ эмас . Чемпионатни ушлаб турган ва интрига беряпкан жамоалархам Насаф бн Навбахор . Металлург ва АГМК хам Навбахор Насафга жон жахти бн уйнайди , Пахтакор га келса нимагадур сичқонга охшаб қўрқоқ булиб енгил уйинда ютқазади . Хуллас Чемпионатда Пахтакор бор экан усиш булмайди !