
Suv sporti. Eshkak eshuvchilarimiz umumjamoa hisobida Osiyoda birinchi bo‘ldi!
Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18, U23 yosh toifalari hamda parakanoe yo‘nalishida Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning so‘nggi kunida sportchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
S1 200 metr: Vladlen Denisov (U23)
Kumush medal:
K1 200 metr: Madinabonu Islamova (U23)
K2 200 metr: Kamila Malaxova, Dilshoda Abdurahmonova (U23)
Bronza medal:
K2 200 metr: Boburjon Ermetov, Sarvarbek Aliboev (U18)
S2 200 metr: Tursunoy Umaralieva, Farangiz Ortiqboeva (U18)
S2 200 metr: Asadbek Qurbonov, Kamron Shakarov (U18)
Qit’amizning 11 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi U18 va U23 yosh toifalarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Hamyurtlarimiz mazkur yo‘nalishda 26 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Paralimpiyachilarimiz esa 4 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida uchinchi bo‘lishdi.
Manba: MOQ
Fikrlar