"Сiti" tarbiyalagan futbolchini sotib yuborishdi
«Sautgempton» tarkibida harakat qilayotgan markaziy himoyachi Teylor Xarvud-Bellis «Aston Villa» jamoasiga o‘tadi. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, klublar transfer shartlarini muhokama qilib bo‘lgan va to‘liq kelishuvga erishgan. Bitim qiymati bonuslar bilan birga 35 million yevro atrofida bo‘ladi.
Xarvud-Bellis «Aston Villa» bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashi kutilmoqda. Yaqin kunlarda futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Teylor Xarvud-Bellis «Manchester Siti» akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
O‘tgan mavsumda himoyachi jami 48 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar