
Tarixdagi eng buyuk bokschi kim? Aleksandr Usik javob berdi
Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan Aleksandr Usik barcha davrlarning eng buyuk bokschisi kimligini aytdi.
"Men uchun tarixdagi eng buyuk shaxs va bokschi - Muhammad Ali. U hakiqatdan ham har tomonlama kuchli jangchi bo‘lgan", - dedi ukrainalik "DAZN" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Usikning navbatdagi jangi 21 dekabr kuni Ar-Riyodda britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar