
Tayson 10 mln ishlaydi, Roy Jons esa...
Og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Mayk Tayson (50-6, 44 KO) 4 divizionning sobiq chempioni Roy Jonsdan (66-9, 47 KO) ko‘proq pul ishlaydi.
Bu haqda, Yahoo Sports jurnalisti Kevin Ayole ma’lum qildi.
Translyatsiyalardan tushadigan pullarni hisobga olmaganda, Tayson 10 mln dollar, Jons esa 3 mln dollar ishlab topadi.
Xabaringiz bor, 28 noyabr kuni Los-Anjelesda har ikkala sobiq bokschi o‘zaro shou jangini o‘tkazadi. Ushbu jang 8 raunddan iborat bo‘lib, uning har biri 2 daqiqadan davom etadi.
Fikrlar