Temmi Abraxamning do‘sti “Chelsi”ga o‘tadi

  • 2 dekabr, 2021, 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik sobiq futbolchi Entoni Kotti “Vest Xem” yulduzi Deklan Rays jamoasini tark etadigan bo‘lsa, “Chelsi”ga borib qo‘yshilishini ta’kidladi. U bu fikrini Raysning “aristokratlar” safida do‘stlari ko‘pligi bilan izohladi.

Tecno

- Agar Deklan ketadigan bo‘lsa, “Chelsi”ga boradi. Sababi bolaligida “Chelsi”da yurgan. Deklan hozir Italiyada o‘ynayotgan Temmi Abraxam va “Chelsi”dagi Kallum Xadson-Odoi hamda Ris Jeyms bilan birga katta bo‘lgan. Deklan hamon ular bilan do‘st. Uni “Vest xem”da qolishini istaymiz.  “Chelsi”ga o‘tsa, muxlislar uni to‘g‘ri tushunadi, - dedi Entoni Kotti.

Deklan Rays Angliya futbolining eng iste’dodli vakillaridan hisoblanadi. Unga grand klublar og‘iz solmoqda. “Vest Xem” bu o‘yinchini 100 million funtga baholayotgani transferga to‘sqinlik qilmoqda.

Futbolchining o‘zi ham sovrinli o‘rinlar uchun da’vogar klublarga o‘tish istagini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!