
Ter Shtegen "Atletiko"ga qarshi o‘yinda "Barsa"ga yordam bera oladimi?
"Barselona" asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohat olib, safdan chiqqanidan xabaringiz bor. Uning qachon tarkibga qaytishi "Barsa" muxlislarini qiziqtirayotgani tabiiy.
Ma’lum bo‘lishicha, posbon bugun mashg‘ulotlarda ishtirok etgan. Ammo o‘zini hamon noqulay his qilmoqda. Ter Shtegenning tiklanishi uchun bir qancha muddat kerak bo‘lishi aytilmoqda. Shu tariqa, u "Atletiko"ga qarshi muhim bellashuvda "ko‘k-anorranglilar"ga yordam bera olmasligi ehtimoli yuqori.
Ma’lumot o‘rnida, Mark joriy mavsum La Liganing 13 o‘yinida o‘z darvozasidan 13 ta to‘p olib chiqdi. Shuningdek, germaniyalik futbolchi 6 bahsni gol o‘tkazib yubormasdan yakunladi.
Fikrlar