
Ter Shtegen Germaniyaning asosiy darvozaboniga aylanadi
"Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen poluchit yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida Germaniya terma jamoasida asosiy darvozabon rolini egallaydi. Bu haqda Kicker nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra bosh murabbiy Yoaxim Lyov Argentinaga (9 oktyabr) qarshi o‘rtoqlik va Estoniyaga (12 oktyabr) qarshi Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan bahslarda aynan ter Shtegenga ishonch bildirishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ter Shtegen o‘zining Germaniya terma jamoasida zaxirada qolib ketayotganini ommaviy axborot vositalari orqali aytgan edi. Keyinroq esa terma jamoaning asosiy posboni Manuel Noyer bu so‘zlar uchun uni tanqid qilgan.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli ter Shtegen shu kungacha Germaniya terma jamoasida jami 22ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z darvozasidan 22 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar