“The-afc.com”. OFK Kubogining barcha g‘oliblari haqida

  • 18 may, 2021, 11:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo futbol konfederatsiyasining rasmiy sayti hisblanadigan “The-afc.com” sayti navbatdagi maqola orqali OFK Kubogi tarixidagi barcha chempionlarni yodga oldi. 2004 yildan e’tiboran o‘tkazib kelinadigan musobaqa ushbu mavsumda 18-marotaba start olish arafasida. 

Quyida maqolaning to‘liq tarjimasini e’tiboringizga havola etamiz. 

OFK Kubogi: Bugungacha bo‘lgan tarix

OFK Kubogi bahslari start oldi. U qadar katta tarixga ega bo‘lmagan musobaqaning barcha chempionlari bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin: 

 

2004 yil

Chempion: “Al-Jaish” (Suriya)

Finalchi: “Al-Vahda” (Suriya)

Ilk musobaqaga jamlangan 11 ta mamlakatning 18 ta jamoasi 5 ta guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishdilar. Guruh g‘oliblari va eng yaxshi 3 ta ikkinchi o‘rin sohibi chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. 

Tarixiy finalda Suriyaning ikki jamoasi o‘zaro kurash olib bordi. Mehmonda urilgan muhim gollar orqali “Al-Jaish” yangi turnirning dastlabki chempioniga aylandi. 

svjhafdma6dmdz8vg9cf

2005

Chempion: “Al-Faysali” (Iordaniya)

Finalchi: “Nejme” (Livan)

Kelgusi mavsumda ham format saqlanib qoldi. Biroq bu gal 18 ta jamoa 9 ta mamlakat orasidan saralab olindi. Iordaniya vakillari birinchi marotaba OFK Kubogida ishtirok etdilar. “Al-Faysali” va “Al-Xusseyn” Iordaniya tarafidan munosib ishtirokni amalga oshirdi. Har ikkisi chorak finalchilar qatoridan o‘rin oldi, “Al-Faysali” esa debyutdayoq chempionlikni tantana qildi. 

“Al-Xusseyn” chorak finalda yurishini to‘xtatdi. “Al-Faysali” finalda Livanning “Nejme” klubi ustidan umumiy 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

kfbldxi2rmtqjceijvop

2006

Chempion: “Al-Faysali” (Iordaniya)

Finalchi: “Al-Muharraq” (Bahrayn)

Ushbu musobaqadan Bahrayn ham o‘z jamoalari bilan ishtirok etishni boshladi va ular G‘arbiy Osiyo tarafidan turnirda qatnashayotgan ilk vakilga aylandi. Guruhlar soni 6 taga etdi va finalgacha bo‘lgan bahs yanada qizg‘in ko‘rinish ola boshladi. 

“Al-Faysali” amaldagi chempion nomini munosib himoya qila oldi va Siraj Al Tall tomonidan kiritilgan gol orqali umumiy 5-4 hisobidagi g‘alaba bilan titulni himoya qildi. 

roguc81agtch7x7kmrx1

2007

Chempion: “Shabab Al-Ordon” (Iordaniya)

Finalchi: “Al-Faysali” (Iordaniya)

Ushbu mavsumga kelib musobaqa ishtirokchilari soni 24 taga etdi va 6 ta guruhga bo‘lingan holda o‘yinlar o‘tkazildi. Oltita guruh g‘oliblaridan tashqari 2 ta eng yaxshi uchinchi o‘rin ham pley-offga yo‘l olish imkoniga ega bo‘ldi. “A”, “B”, “C” guruhlariga bo‘lingan G‘arbiy Osiyo vakillaridan bitta, “D”, “E”, “F” guruhlariga joylashgan Sharqiy Osiyo davlatlaridan yana bitta ikkinchi o‘rin chorak finalda omadini sinab ko‘rardi. 

Bir qarashda barchasi “Al-Faysali”ning uchinchi karra turnirda g‘alaba qozonishiga qarab ketayotgandi. Biroq, “Shabab Al-Ordon” azaliy raqiblaridan birining bu kabi muvaffaqiyatiga yo‘l qo‘yishni istamadi. Mustafa Shehdening javob uchrashuvining birinchi taymida urgan goli orqali yangi finalchilar umumiy 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. 

ignyy4y9dx9f3lcm2huk

2008

Chempion: “Al-Muharraq” (Bahrayn)

Finalchi: “Al-Faysali” (Iordaniya)

2008 yilda turnir formati yana o‘zgardi. Ishtirokchilar soni 20 taga tushib qoldi. Tailand, Vetnam va Turkmaniston jamoalari bu gal musobaqada ishtirok etmadilar. 

2006 yilda finalda mag‘lub bo‘lgan Bahrayn klubi “Al-Muharraq” bu gal boshqacha kayfiyatda finalga etib keldi va tengsiz ekanini yaqqol isbot eta oldi. 

tsgbh34fhtkji7c0aiqy

2009

Chempion: “Quvayt SK” (Quvayt) 

Finalchi: “Al-Karama” (Suriya)

Juda ko‘p o‘zgarishlarni boshidan kechirgan OFK Kubogi ushbu yilda ishtirokchilari sonini 32 taga etkazib oldi va tarixda ilk marotaba nimchorak final bosqichini o‘tkazdi. 

Chempionatning yangi davri boshlanishida final ishtirokchilar Quvaytning “Quvayt SK” va Suriyaning “Al-Karama” jamoalari bo‘ldi. Ismoil Al-Ajmi 2:1 hisobidaga g‘alabadagi so‘nggi golni urib, final qahramoniga aylandi va quvaytlik muxlislarga ulkan xursandchilikni taqdim etdi. 

ugaj4sy5m4gjvlkum1rm

2010 

Chempion: “Al-Ittihod” (Suriya)

Finalchi: “Qodisiya SK” (Quvayt) 

OFK Kubogining 7-mavsumida Qatar debyut amalga oshirdi. 31 ta jamoa 8 ta guruhga bo‘linib, bosh sovrin uchun kurash olib bordi. Ammo qatarliklar sharafini himoya qilgan “Al-Rayyan” nimchorak finalda Tailandning “Muangtong Yunayted” klubiga imkoniyatni boy berib, yurishini to‘xtatdi. 

Amaldagi chempion “Quvayt SK” ham nimchorak final bellashuvida bo‘lg‘usi chempion “Al-Ittihod”ga mag‘lub bo‘ldi. Hamad Al Enezi va Taha Diyabning gollaridan so‘ng, jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat etishga majbur bo‘ldilar va suriyaliklarning qo‘li “futbol lotereyasi”da baland keldi. 

mdowcufavukmt3agjfbx

2011 

Chempion: “Nasaf” (O‘zbekiston)

Finalchi: “Quvayt SK” (Quvayt)

Amaldagi chempion “Al-Ittihod” guruhda qolib ketdi, ammo “Quvayt SK” finalgacha katta qiyinchiliklarsiz etib kela oldi. Bu erda ularni Qarshi klubi “Nasaf” kutib turardi. 

Ilhom Shomurodov va Andrey Pereplyotkinsning gollari qarshiliklarning g‘alabasini ta’minlagan, Boris Kabi tomonidan kiritilgan yagona gol quvaytliklarga kifoya qilmagan edi. Shu tariqa, “Nasaf” O‘zbekistonga qit’a miqyosidagi klublar tasnifida ilk titulni olib bergan. 

pfukaea9izgbca4xosgq

2012

Chempion: “Quvayt SK” (Quvayt)

Finalchi: “Arbil” (Iroq)

“Nasaf” o‘z chempionligini himoya qilmadi. Boisi, ular kelgusi mavsumni Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida boshladi. 2012 yilgi mavsumdan e’tiboran Saudiya Arabistoni va Myanma klublari OFK Kubogida ishtirok eta boshladi. 

2011 yilning alamlarini unutmagan holda, yana finalgacha etib kelgan “Quvayt SK” hal qiluvchi o‘yinda final debyutanti “Arbil”ni 4:0 hisobida tor-mor keltirdi. 

unnit0jafzgbnxpttwpa

2013

Chempion: “Quvayt SK” (Quvayt)

Finalchi: “Al-Karama” (Suriya)

Musobaqa tarixida ilk marotaba Tojikiston klublari guruh bosqichida ishtirok etdi. “Regar-Tadaz” va “Ravshan” klublarining turnirdagi debyuti omadli chiqmadi va har ikkalasi pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. 

Finalda bu safar ancha tanish nomlar dueliga guvoh bo‘ldik. Ko‘p karra OFK Kubogi finalchisi “Quvayt SK” ketma-ket tarzda chempionlikni nishonlagan ikkinchi jamoaga aylandi. Quvayt klubining “Al-Karama” ustidan qozongan g‘alabasi orqali titullari soni 3 taga etdi va bu borada tengsiz klubga aylandi. 

o4s2of4ay2oc2yljxixc

2014

Chempion: “Qodisiya SK” (Quvayt)

Finalchi: “Arbil” (Iroq)

Ushbu musobaqada birinchi marotaba Qirg‘iziston va Falastin jamoalari ishtirok etdi. Guruh bosqichiga chiqish yo‘lida O‘shning “Oloy” klubi “Shabab Al-Dahiriya”dan ustun keldi. 

“Qodisiya” ushbu chempionlikkacha uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Finalda ham “Arbil” bilan kechgan bellashuv penaltilar seriyasigacha etib bordi. 2010 va 2013 yillarda finalda mag‘lub bo‘lgan iroqliklar axiri o‘z titullarini yutishga erishdi. 

mye4lmjzufnwb1sieeij

2015

Chempion: “Johor Darul T’azim” (Malayziya)

Finalchi: “Istiqlol” (Tojikiston)

2015 yilgi mavsum OFK Kubogi juda katta yo‘qotishlarga uchradi va og‘ir ahvolga tushib qoldi. Ushbu mavsumda G‘arbiy Osiyoning birorta jamoasi musobaqada ishtirok etmadi va finalda Malayziya va Tojikiston klublari o‘ynadi. 

Dushanbedagi “Pomir” stadionida o‘tkazilgan bahsda argentinalik Leandro Velazkes tomonidan urilgan gol malayziyaliklarga g‘alaba taqdim etdi. 

vlkkkjimerfauztwaz8k

2016

Chempion: “Eyr Fors” (Iroq)

Finalchi: “Bengaluru” (Hindiston)

2015 yilgi final g‘arb mintaqasi jamoalari ishtirokisiz o‘tgan birinchi finalga aylandi. Bir yil o‘tib esa, Iroqning “Eyr Fors” klubi finalga etib keldi va hindistonlik raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 

Hammadi Ahmad musobaqaning ushbu tsiklini o‘z benefisiga aylantirib yubordi. Turnirdagi 16-golini u aynan finalda kiritdi. 

cqeojedupzztqudslgng

2017

Chempion: “Eyr Fors” (Iroq)

Finalchi: “Istiqlol” (Tojikiston)

OFK Kubogi 2017 yilga kelib yangi darajaga ko‘tarildi. Musobaqa turli zonalarda o‘tkazilib, ularning g‘oliblari pley-offda duch keladigan bo‘ldi. 

G‘arb mintaqasi g‘olibi “Eyr Fors” finalda “Istiqlol” bilan bahs olib bordi. Tojiklar yana bir bor finalni o‘z maydonlarida qabul qildilar. Biroq, yana 0:1 hisobida imkoniyat boy berildi. 

xy8dcqt6zdpjkpewumcj

2018

Chempion: “Eyr Fors” (Iroq)

Finalchi: “Oltin Asir” (Turkmaniston)

2018 yilda OFK Kubogida rekord darajadagi 44 ta klub ishtiroki kuzatildi. “Benfika” Makao va Hang Yuang Makao va Xitoy Taypeyi nomidan turnirda debyut amalga oshirdilar. Turkmanistonning “Oltin Asir” jamoasi esa turnirda tom ma’noda kashfiyot bo‘la oldi va finalgacha etib keldi. 

Iroqdagi “Basra Sport Siti” o‘yingohida kechgan OFK Kubogi finalini 25000 muxlis tomosha qildi. Ahmad va Ibrohim Bayeshning gollari orqali iroqliklar ketma-ket uchinchi marotaba bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. 

ib6tex43oxswwvitrfdh

2019

Chempion: “Al-Ahad” (Livan) 

Finalchi: 4.25 SK (KXDR)

2019 yilgi mavsumda Iroq klublari musobaqada ishtirok etmadi. Bu “Eyr Fors”ning chempionlik seriyasi o‘z yakuniga etadi, degani edi. Nepal nomidan birinchi klub - “Menang Marshiyandi” aynan mana shu mavsumdan turnirda qatnasha boshladi. 

“Nejme” va “Safa” klublarining muvaffaqiyatsiz urinishlarini “Al-Ahad” to‘xtatdi va Livan hisobiga ilk chempionlikni taqdim etdi. Ganalik Issak Yakubuning goli agonaligicha qoldi. 

fzhqsf1j2pyewdngq74t

2020

Ushbu mavsum turniri koronavirus pandemiyasi tufayli o‘tkazilmadi. 

 

“The-afc.com” saytidan Abdulvosid Valxionov tarjimasi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!