Timur Kapadze final uchrashuvidagi muhim g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida nimalar dedi?

  • 9 sentabr, 00:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoamiz "Cafa Nations Cup" turnirining final to‘qnashuvida Eronni so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga mag‘lub etdi. Final to‘qnashuvidan so‘ng terma jamoamiz ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Albatta, hammani chempionlik bilan tabriklayman. Tayyorgarlik ko‘rdik, lekin o‘yin juda qiyin bo‘ldi. Shuningdek, hech bir final oson bo‘lmaydi, har doim qandaydir muammolar bo‘ladi. 

Bugungi o‘yin juda asabiy o‘tdi. Hakamlik borasida fikringiz qanday? 

"Eron qachon rozi bo‘lgan? Bilmadim, ba’zi epizodlarni ko‘rmadim. Bunday vaziyatlar ularning stadionida ham bo‘lgan. 

Eldor Shomurodov harakat qilayotgan bo‘lsa ham muvaffaqiyatga erisha olmayapti. Uning kayfiyatida muammo bormi? 

"Uning kayfiyati yaxshi edi. Eldor juda tajribali futbolchilar sirasiga kiradi. U kerakli paytda jamoani oldinga torta oladi". 

Birinchi bo‘limda ikkinchi qavatdan juda ko‘p o‘ynadik. Ikkinchi bo‘limda esa Igor Sergeev maydonga tushganidan so‘ng erdan o‘ynashni boshladik. 

"Biz o‘yin davomida gol urish uchun har xil imkoniyatlarni qo‘llab ko‘rdik. Ba’zida ikkinchi qavatdan ba’zida esa erlatib o‘ynashga majbur bo‘ldik". 

Abbosbek Fayzullaev ikkinchi bo‘limda ko‘proq ikkinchi qavatdagi to‘pga ega chiqdi. Bu hiylamidi yoki tasodif bo‘ldimi? 

"Bu hech qanday o‘ylangan hiyla emasdi. Ikkinchi qavatdan uzatilgan to‘plarning barchasi Shomurodov va Sergeevga qaratilgan edi. Sababi, bilamiz ular bosh bilan juda zo‘r o‘ynaydi". 

Rotatsiyaga juda ko‘p qo‘l urdingiz. Nazarovga imkon berganingiz haqida? 

"Darvozabon murabbiylari bilan maslahatlashib keyin uni jarohat olgan O‘tkir Yusupov o‘rniga maydonga tushirdik. Shu bilan birga, bu turnir davomida har bir futbolchiga imkon berishni maqsad qilgan edik". 

O‘tkir Yusupovning jarohati qanchalik jiddiy? 

Dastlabki tekshiruvlardan so‘ng uning jarohati qanchalik jiddiyligini bilib olamiz. Hozirda emerte qildirishimiz zarur", - deya ta’rif berib o‘tdi terma jamoamiz murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!