
Tokio-2020: Olimpiya o‘yinlarining eshkak eshish bo‘yicha musobaqalari qoldirildi
Yaponiya poytaxti Tokio shahriga kuchli to‘fon yaqinlashmoqda. Shu bois yozgi Olimpiya o‘yinlarining eshkak eshish bo‘yicha musobaqalari qoldirildi. Bu haqda uznada sayti “Kyodo” agentligiga tayanib xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, “Nepartak” to‘foni Tinch okeanidan Yaponiyaning sharqi va shimoli-sharqiga yaqinlashmoqda. Yaponiya milliy meteorologiya agentligi xabar berishicha, mamlakatning bir necha hududi, jumladan, Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilayotgan Tokioga to‘fon yopirilishi kutilmoqda.
Tokioda shamolning tezligi sekundiga 35 metrgacha, to‘lkinlar balandligi 6-8 metrgacha etishi mumkin. Tabiiy ofatlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun Olimpiadaning akademik eshkak eshish musobaqalari keyinga qoldirildi.
Fikrlar