
Tom Aspinal: "Jonsning rekordini yangilamoqchi emasman"
Tom Aspinal yaqinda bergan intervyusida kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men Jon Jons kabi chempionliik janglarida ko‘plab g‘alabalarni qo‘lga kiritib, rekordlarni yangnilashni xohlamayman. Faqatgina chempionlik kamarini munosib tarzda qo‘lga kiritishni istayman, xolos. Imkon qadar ko‘proq pul ishlab, bu sportni sog‘lom holda tark etsam bo‘lgani", - dedi UFC jangchisi.
Ma’lumot uchun, Aspinal MMA dagi faoliyati davomida 15 ta g‘alaba qayd etgan bo‘lib, ularning barchasida muddatidan avval zafar quchgan.
Fikrlar