"Tottenxem" Pochettinoga yangi shartnoma taklif qiladi
Londonning “Tottenxem” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” 45 yoshli argentinalik mutaxassisning klubdagi faoliyatidan to‘liq qoniqish hosil qilishmoqda va shu bois unga moliyaviy tomondan yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilishmoqchi. Londonliklar Pochettinoni “Tottenxem”ni yangi stadionda ham boshqarishini istashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pochettino “Tottenxem” boshqaruviga 2014 yil kelgan va 2016 yil jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzolagan edi. Unga ko‘ra mutaxassisning maoshi yiliga 5,5 mln funtni tashkil etadi.
Bundan avvalroq Pochettinoga Madridning “Real” klubi katta qiziqish bildira boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar