"Tottenxem" yana transfer rekordini yangiladi
6 iyul kuni Londonning «Tottenxem» klubi 26 yoshli yarim himoyachi Sandro Tonalini «Nyukasl»dan sotib olganini rasmiy e’lon qildi.
OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv qiymati 117 million yevroni tashkil etgan. Shu tariqa, ushbu transfer klub tarixidagi eng qimmat bitim sifatida qayd etildi. «Shporlar» bir necha kun ichida ikkinchi bor o‘z transfer rekordini yangiladi.
Bundan oldin jamoa tarixidagi eng qimmat xarid sifatida portugaliyalik Mateush Fernandesh qayd etilgan edi. U «Vest Xem» tarkibidan «Tottenxem»ga 99 million yevro evaziga o‘tgan. Ungacha esa rekord 65 million yevroga sotib olingan Xavi Simonsga tegishli bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Angliya chempionatida ishtirok etgan London klubi musobaqani 38 tur yakuniga ko‘ra 41 ochko to‘plab, jadvalning 17-pog‘onasida yakunlagan edi.

Fikrlar