Totti: "Roma"ga omad kulib boqdi
Rimning "Roma" klubi afsonasi Franchesko Totti jamoasining UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalida “Portu”ga to‘qnash kelgani haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Kuchli raqibga ro‘baro bo‘lmaganimiz uchun bizga omad kulib boqdi deyishimiz mumkin. Ammo, “Portu”ga ham engil qaramaslik lozim. U ham jiddiy jamoa.
Bizni oldinda juda qiyin uchrashuvlar kutmoqda. Ammo, barchamiz ko‘rishni xohlayotgan “Roma”da bu darajada chiqib olishi uchun yana 2 oy vaqt bor. Biz barchamiz murabbiyni qo‘llab-quvvatlaymiz va ishonamizki u jamoani olg‘a etaklay oladi”, - deydi Totti.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” va “Portu” jamoalarining ilk uchrashuvi 12 fevral kuni, javob bahsi esa 6 mart kuni bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar