Trent APLga qaytishi mumkin
"Real Madrid"ga "Liverpul"dan erkin agent maqomida kelib qo‘shilgan Trent Aleksandr-Arnold qishda klubni tark etishi mumkin. Bu haqda "Caught Offside" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Trent Karvaxalning qaytishidan so‘ng asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotishi kutilmoqda. Agar futbolchi o‘yin amaliyotisiz qolsa, qishda madridliklarni tark etadi. "Manchester Siti" Trent bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Ma’lumot uchun, angliyalik himoyachining "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi. 26 yoshli futbolchining "Transfermarkt" portalidagi narxi 75 millon evro.

Fikrlar