Tuxel Kimmixga ishonadi

  • 24 noyabr, 2023, 19:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa yarim himoyachisi Joshua Kimmix haqida gapirdi.

Tecno

Avvalroq, 28 yoshli yarim himoyachi klubni tark etishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

"Uning o‘ynamasligi uchun hech qanday sabab yo‘q. Biz unga to‘liq ishonamiz. Biz doimo barqaror muhitga ega bo‘lishni xohlaymiz, ayniqsa biz uchun qiyin davrlarda", - deya Tuxelning so‘zlarini keltiradi "Bayern & Germany" nashri.

Kimmix "Bavariya"da 2015 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdt.

Kimmixning myunxenliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 75 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!