
Tuxel La Ligada ishlamoqchi
Ayni dam ishsiz yurgan Tomas Tuxelning keyingi manzili Ispaniya bo‘lishi mumkin. “Diario Sport” nashri xabariga ko‘ra, germaniyalik murabbiy “Barselona” yoki “Real”da ishlamoqchi.
Manbaning ta’kidlashicha, 49 yoshli mutaxassisga Kataloniya jamoasiniing uslubi yoqadi. Ammo Xavi klubni tark etishni rejalashtirmayapti.
Ma’lumot uchun, Tomas Tuxel oldin Ispaniya klublarini boshqarmagan. U Bundesliga, Premer-Liga va Liga 1 chempionatlarida faoliyat olib borgan.
Fikrlar