Tyago Almada 3–4 hafta maydonga tusha olmaydi

  • 12 sentabr, 02:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi futbolchisi Tyago Almada yaqin vaqtlarda jamoaga yordam bera olmasligini ma’lum qildi.

Tecno

Klubning rasmiy xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi milliy jamoa safiga chaqirilgan paytda oyoq mushaklaridan jarohat olgan.

"Marca" nashrining yozishicha, uning maydonga qaytishi aniq muddat bilan belgilanmagan, ammo tiklanish jarayoni kamida 3–4 hafta davom etishi kutilmoqda. Shu bois u "Atletiko"ning quyidagi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi:

ChLda: "Liverpul" va "Ayntraxt"

La Ligada: "Vilyarreal", "Malorka", "Rayo Valekano" va "Real Madrid".

Ma’lumot o‘rnida, Almada bu yozda madridliklar safini to‘ldirgandi. U La Liganing ilk 3 o‘yinida maydonga tushdi, ammo hali gol yoki assist qayd etmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!