"U Ronaldinodan kuchli!"

  • 17.10.2024 11:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frantsiyalik yarim himoyachi Yasin Adli hozirda Saudiyaning "Al-Hilol" klubi sharafini himoya qilayotgan braziliyalik hujumchi Neymarning futboldagi iqtidori haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Neymarning PSJdagi o‘yini aql bovar qilmas edi. Men bunday futbolchini hech qachon uchratmaganman. Neymar juda zo‘r. U Ronaldinodan kuchliroq. U Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan biroz pastroq xolos” - dedi mavsumni "Fiorentina"da ijarada o‘tkazayotgan "Milan" futbolchisi.

Neymar 2023 yilning yozida PSJdan “Al-Hilol”ga ko‘chib o‘tgan edi. 32 yoshli braziliyalik futbolchi va Saudiya klubi o‘rtasidagi shartnoma 2024/25 yilgi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Neymarning transfer narxi 30 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!