
UFC sobiq chempioni 47 yoshida ham jang qilmoqchi
Og‘ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni Fabrisio Verdum 47 yoshga to‘lganiga qaramay, faoliyatini yakunlamoqchi emas.
“Kareramni tugatdim, deb hisoblamayman. Aprel oyida yana jang qilaman! 47 yosh bo‘lsam ham o‘zimni yosh yigitlardek his qilyapman!” – deb yozdi Verdum ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Fabrisio yaqinda GFL promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan va kamida 2025 yil oxirigacha ushbu tashkilot shafeligida musobaqalarda qatnashadi.
Fikrlar