Ular Ronaldu va Messini “taxt”dan tushirishga tayyorlanmoqda

  • 3 aprel, 2021, 01:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Sloveniya va Vengriyada bo‘lib o‘tgan 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Evropa chempionatining guruh bosqichiga 92 nafar futbolchi tashrif buyurdi. Ular orasida Evropaning kuchli beshlik chempionatida to‘p suradigan taniqli futbolchilar ham bor, ammo haqiqiy super yulduzlar turnirga kelmadi.

Musobaqa afishasi e’lon qilingandan so‘ng? Meyson Grinvud asosiy yulduz bo‘lishi kerak edi, ammo Transfermarkt portali 50 million evroga baholagan "Manchester Yunayted" hujumchisi kutilmaganda jarohat oldi va Angliya yoshlar terma jamoasi qarorgohini tark etdi. Uning o‘rniga "Norvich" yarim himoyachisi Todd Kantvell chaqirildi. Bu yigit juda zo‘r va o‘tgan mavsum premer-ligada porlagan ("gol+pas" tizimida 6+2). Lekin baribir u mashhurlik borasida Grinvud darajasiga etib bormagan. Ehtimol, Meyson 31 may - 6 iyun kunlariga belgilangan pley-off bosqichida ishtirok etishi mumkindir (agar Angliya u erga boradigan bo‘lsa).

Grinvud povtoril dostijenie Besta, Runi i Kidda — football.ua

"Manchester Yunayted" hujumchisi ketganidan so‘ng, yoshlar o‘rtasidagi Evropa chempionatining asosiy yulduzini tanlash ancha qiyinlashdi. Bu nomga ispaniyalik Riki Puch da’vogarlik qilmoqda, garchi u “Barselona”da zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan bo‘lsa ham. Bu qatorga yana “Renn” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga, "Barselona" hujumchisi Fransishku Trinkan va "Chelsi" hujumchisi Kallum Xadson-Odoini qo‘shish mumkin.

SMI: Barselona reshila ostavit Pucha v komande ᐉ UA-Futbol

Politsiya zaderjala xavbeka «Chelsi» Xadsona-Odoi po podozreniyu v iznasilovanii

“Evro-2021”da kuchli chempionatlarda to‘p suradigan boshqa yosh futbolchilar ham ko‘p. Albatta, ular ham tez orada yarq etib porlab chiqishadi.

Ushbu turnirda ishtirok etishning asosiy mezoni yoshdir. Unda 1998 yil 1 yanvardan keyin tug‘ilgan har qanday o‘yinchi U-21 qit’a chempionatida qatnashish huquqiga ega. Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmat futbolchilari o‘ntaligidan joy olgan 4 nafar futbolchi ushbu musobaqada ishtirok etishi mumkin edi, ammo negadir ular kelmadi.

Birgina Angliya terma jamoasi APL va Bundesligada porlayotgan Jeydon Sancho, Trent Aleksandr-Arnold, Fil Foden, Bukayo Sak, Deklan Rays, Meyson Maunt, Ris Jeyms va Jud Bellingem kabi yulduz futbolchilarni jalb qilishi mumkin edi. Ular orasiga tarkibga chaqirilgan Meyson Grinvud va Kallum Xadson-Odoini ham qo‘shsangiz, kattalar o‘rtasidagi Evropa chempionatida ham medallar uchun kurashadigan jamoa paydo bo‘lganini ko‘rasiz.

Sancho xochet vernutsya v Angliyu. Sport-Ekspress

Bir necha o‘nlab mashhur futbolchilarning ushbu Evropa yoshlar chempionatiga kelmasliklariga bir nechta sabab bor. Eng asosiysi - ular allaqachon milliy terma jamoaga chaqirilgan. Sancho (jarohati bor), Trent Aleksandr-Arnold (u haqida keyinroq), Mbappe, Pedri, De Ligt, Donnarumma, Xavertts, Felish, Torres, Neto va Kin. Ushbu futbolchilar milliy jamoada o‘z o‘rnini topgan va tengdoshlari bilan nisbatan pastroq darajadagi musobaqalarda ishtirok etishni xohlamaydi.

PSJ» snizil tsenu na Mbappe

De Ligt: Nekotorye govorili, chto MYu ne xochet menya pokupat, potomu chto moy  otets slishkom jirnyy — football.ua

Pochemu u Joau Feliksa ne idet v Atletiko - novosti futbola

Milliy terma jamoa chaqirig‘i tufayli, hatto “Evro U-19”da qatnashadigan ba’zi yigitlar ham Vengriya va Sloveniyaga kelmadi. Masalan, Yoaxim Lyov Florian Virttsni (17 yoshu 10 oylik) va Jamol Musialani (18 yoshu 26 kunlik) Bundestimga taklif qildi.

Trent voqeasi alohida mavzu. Ha, u anchadan buyon asosiy jamoa o‘yinchisi va ehtimol, Angliyaning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda, ammo Garet Sautgeyt so‘nggi paytlarda ko‘rsatayotgan sust o‘yini tufayli uni “JCh-2022” saralash bahslariga chaqirmadi. Va u buni quyidagicha izohladi: «Trent oxirgi paytlarda so‘nggi bir necha yil ichida ko‘rsatgan yuqori darajasini ko‘rsata olmayapti. U katta iste’dodga ega. Ishonchim komilki, u kelajakda Angliya terma jamoasida muhim rol o‘ynaydi".

Unikalnost Trenta Aleksandera-Arnolda kak futbolista i cheloveka -  Telekanal Futbol

Turnirda Erling Xoland va Martin Edegorning yo‘qligiga sabab, Norvegiya yoshlar terma jamoasi musobaqa saralashida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va final bosqichiga chiqa olmadi.

Turnirning bir nechta super yulduzlarga aylanishiga to‘sqinlik qilgan yana bir omil bu jarohatlar edi. Masalan, 2019/20 yilgi mavsumda "Lion"ni Chempionlar Ligasi yarim finaliga olib chiqqan Ussema Auar musobaqaga chaqirilgan edi, ammo keyinchalik Mussa Diabi bilan birgalikda ular jarohati tufayli tarkibdan chiqdi. Xuddi shu sababga ko‘ra, Konstantin Kuchaev Rossiya terma jamoasini tark etdi, uning o‘rniga ular "Dinamo" hujumchisi Konstantin Tyukavin chaqirildi. Portugaliyaliklar esa "Milan"dagi Rafael Leonga muhtojlik his qilishdi.

Yoshlar o‘rtasidagi “Evro-2021” musobaqasida asosiy yulduzlarning yo‘qligiga sabablari juda ko‘p, ammo asosiysi shuki, zamonaviy futbolda yosh yigitlar o‘z yosh toifasidagi turnirlar o‘tkazilishidan oldin ham etakchi bo‘lib ulgurmoqda. Ular asosiy jamoalar uchun UEFA kutgandan ham oldinroq qo‘shilmoqda va hattoki Mbappe singari 19 yoshidayoq kattalar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lganlar bor. Futbol tobora yosharib bormoqda va allaqachon Ronaldu va Messi kabi yulduzlarni “taxt”dan tushirishga tayyorlanayotganlar bo‘y ko‘rsatmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!