"US Open" turniri. Kamilla Rahimova uchinchi davraga yo‘l oldi!
Tennischimiz Kamilla Rahimova (92-raketa) AQSh ochiq chempionatida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi davrada ispaniyalik Oksana Selekhmetovaga (93) qarshi kortga chiqqan yurtdoshimiz dastlabki setni 6:3 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Rahimovaning total ustunligi ikkinchi setda ham davom etdi va u 6:0 hisobidagi g‘alaba bilan katta qiyinchiliksiz keyingi davraga yo‘l oldi.
Uchinchi davrada tennischimizga ikki yildan beri ketma-ket mazkur turnirda chempion bo‘lib kelaotgan jahon reytingi yetakchisi, belaruslik Arina Sobolenko raqiblik qiladi.

Fikrlar