Vadim Abramov: "Hozirgi kunda futbol shunday bo‘lib ketdi, yutuqqa erishilsa, o‘yin sotib olingan yoki mag‘lubiyatga uchralsa, o‘yin sotilgan bo‘ladi ..."

  • 13 noyabr, 2022, 00:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

26-turdagi "Dinamo" – "Qo‘qon-1912" (2:0) bahsidan so‘ng Vadim Abramov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Yigitlarga o‘yin uchun rahmat! Pro ligaga tushib ketganimizga qaramasdan, ular ketma-ket 2 o‘yinda borlarini berishdi. O‘yinga kelsak, hech narsaga qaramasdan, o‘yin uchun tanlagan rejamiz ish berdi va g‘alaba qozondik.

- "Dinamo" ketma-ket 3 o‘yinda motivatsiyaga boy jamoalar – chempionlik uchun kurashgan "Nasaf", Superligada qolish ilinjida o‘ynagan "Surxon" va "Qo‘qon-1912" bilan to‘qnash keldi, ammo yaxshi harakat qildi. Nega boshqa o‘yinlarda jamoangiz o‘yini chiqmadi?

- Kelganimda, optimal bir tarkibni yig‘a olmadik. Har gal kimdir diskvalifikatsiyaga uchradi yoki kimdir jarohat oldi. Shu bois optimal tarkibdan foydalana olmadik. Asosiy muammo himoyamizda edi. Faqat bir nafar nominal himoyachiga ega edik. Sababi shunda. Gap motivatsiya yoki boshqa narsada emas. Afsuski, hozirgi kunda futbol shunday bo‘lib ketdi... Siz jurnalistlar yozganingizdek, yutuqqa erishilsa, o‘yin sotib olingan yoki mag‘lubiyatga uchralsa, o‘yin sotilgan bo‘ladi... Ko‘ramiz, endi nima deyisharkan.

- So‘nggi 3 o‘yinda yaxshi harakat qildingiz. Pro ligada qolasizmi? Bilishimcha, hech qachon bu ligada faoliyat yuritmagansiz...

- Ha, nimadir qachondir birinchi marta bo‘ladi. Shuning uchun hechqisi yo‘q. Hammasi bilan ro‘baro‘ kelamiz. Ko‘ramiz, bu muammo emas deb o‘ylayman.

Bu normal holat. Pro ligada ham bir yilda Samarqand sharafini munosib himoya qiladigan yaxshi jamoa tuzsa bo‘ladi» - deydi «Dinamo» ustozi Vadim Karlenovich.

Manba: "Dinamo" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!