Vadim Abramov: Yaxshi o‘yin namoyish etmadik

  • 16 sentabr, 2020, 20:35
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 15-turidan o‘rin olgan "Mash’al" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda toshkentliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida "qaldirg‘ochlar" bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"G‘alaba qo‘limizda bo‘lgani bilan juda ko‘p vaziyatlardan foydalana olmaganimiz yomon holat. Butun o‘yin davomida 1 kishi ko‘p o‘ynaganimizni inobatga olsak, bugungi bahsda yaxshi harakat qildik, deya olmaymiz.

Vaziyatlarimiz golga aylanmayotganini ko‘rgach, vaziyat og‘irlashib borayotganini his qildim. Xayriyatki, yigitlar darvozaga yo‘l topa bilishdi. 

"Mash’al" yaxshi jamoa. Biz qiyin raqibga qarshi o‘ynashimizni bilgandik. Futbolchilar 10 kishi bo‘lib o‘ynayotgan jamoani 1:0 hisobida yutayotganligi uchun oldinga intilmadi. Ular orqa chiziqda to‘pni nazorat qilib, o‘z vaziyatlarini kutmoqchi bo‘lishdi va qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik", - dedi Abramov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
16/09/2020 21:40
Birinchi daqiqadan qerga kurgansan faratar bunoqa qilishini. nima qilibti bitta gol bulsa bulsin edi. bariber butun kamandani qiynap quydiki. Vadimga kelsak. bitta qayiqni boshini ushlasin. qerga kurgansan Vadimga qarshi gapirishkani. Ahir u MTJ murabbiy hamma ham hohlaydi klubidan bitta bulsa ham. MTJ uyinchi chaqirishini.